“Ta’lim tizimida innovatsiya, integratsiya va zamonaviy pedagogik texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 2025-yil 12-mart


Ushbu to‘plamda taʼlimda pedagogika va psixologiyaga doir masalalar, adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari, tilshunoslik sohasining bugungi kundagi muammo va yechimlari, taʼlimda innovatsiya, integratsiya va ilgʻor pedagogik texnologiyalarga doir ilmiy asoslangan tadqiqotlar muhokamasi o‘rin olgan.

Uzluksiz taʼlimning barcha boʻgʻini uchun malakali kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy koʻnikmaga ega, tarbiya, oʻqitish metodlari va baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy kadrlarni shakllantirish jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mazkur ilmiy-amaliy konferensiyaning o‘tkazilayotganligi ham bugungi kunda ilm-fan sohasidagi yangiliklarni o‘rganish, amaliyotga tadbiq etish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan e’tiborning namunasidir.

Konferensiya materiallari to‘plami University of Business and Science o‘quvuslubiy Kengashining 2025-yil, 12-martdagi 8-sonli yig‘ilish bayoni bilan nashr etishga tavsiya etilgan.

23.07.2025
7
Yuklab olish

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning axloqiy tarbiyadagi ahamiyati

Mualliflar::

Boymirzayev Karimjon Mirzaahmedovich,

University of Business and Science rektori, geografiya fanlari doktori, professor.

Abdukaxxarova Noila Nematullo qizi, 

University of Business and Science

M.PP-23-01 2-bosqich magistranti